1.Devonxona institutning mustaqil ish yurituvchi tarkibiy bo’limi xisoblanadi, institut ustaviga asosan rektorga bo’ysinadi.
2.Devonxona Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Farmonlari, Qonunlari, Farmoyishlari, Buyruqlari, Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar,Respublikaning tegishli me’yoriy-uslubiy hujjatlari asosida ish yuritadi.
3.Devonxona hujjat qabul qilish, tashqi va ichki kirim-chiqim xatlari, yozishmalarni, institut ichki buyruqlarini qayd qilib ularni masʼul xodimlarga topshiradi.
4. Devonxona va arxiv hujjatlarni saqlash va ularni tegishli boʻlgan qonun-qoidalarga rioya qilib, ish olib boradi, yaʼni:
– Ish yuritishdagi hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish;
– Bajarilishini nazorat qilish;
– Muddati tugagan hujjatlarni hisobdan chiqarish;
5. Devonxona ish yuritishda hujjatlarni tasdiqlash uchun institut nomi koʻrsatilgan dumaloq muxr, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini roʻyxatga olish muxri va toʻrtburchak shtamp mavjud.