TIPI
When a viewer has an opinion about an image based on their own thoughts, it is their personal perspective. It depends on the viewer's thoughts and values, which can sometimes conflict with cultural values.

O‘QUV ISHLARI

1.1. FAKULTET YO‘NALISHLARI VA TALABALARI HAQIDA

UMUMIY MA’LUMOTLAR

Fakultetda jami 3 ta mutaxassislik mavjud. Bular:
60111500 – Ona tili va adabiyoti;
60110200 – Maktabgacha ta’lim;
60110800 – Xorijiy til va adabiyoti;
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti “Tillar va maktabgacha ta’lim” fakultetida jami 1566 nafar talaba tahsil olmoqda.
Jumladan,
-Sirtqi ta’limda jami 1383 nafar talaba ;
-kunduzgi ta’limda jami 167 nafar talaba;
-2-kurs kechki ta’limda jami 16 nafar talaba.
mutaxassisliklar bo‘yicha:
- Ona tili va adabiyotida 539 nafar talaba
     Kunduzgi: 10 nafar
     Sirtqi: 529 nafar ;
- Maktabgacha ta’lim 865 nafar talaba
     Kunduzgi: 11 nafar
     Sirtqi: 854 nafar ;
 -Xorijiy til va adabiyot 162 nafar talaba;
     Kunduzgi: 117 nafar
     Kechki: 16 nafar ;

1.2. PROFESSOR-O‘QITUVChILAR HAQIDA

UMUMIY MA’LUMOTLAR

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti tarkibida 2023-yil avgust oyida “Tillar va maktabgacha ta’lim” fakulteti tashkil topgan va bugungi kunga o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda. Fakultet tarkibida jami 27 shtatda 42 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi.
Bulardan:
- 27 nafari asosiy shtatda;
- 2 nafari ichki o‘rindoshlik asosida;
- 13 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida.
Shundan asosiy shtatda 2 nafar professor, 7 nafar PhD doktor ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar, 18 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib boradi, ilmiy salohiyat – 32%.
Tashqi o‘rindoshlardan 6 nafari professor o‘qituvchilar va 1 nafari PhD doktor ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchi va 11 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi faoliyat olib boradi, ilmiy salohiyat 32%ni tashkil etadi.


1.3. Fakultetning o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi

Fakultetda:
-Ona tili va adabiyoti;
-Xorijiy til va adabiyot;
-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatadi.
Bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha tayanch Oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan 1-, 2- va 3-kurslar uchun Malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalari va fanning namunaviy o‘quv dasturlari olinib, shu asosida fanlar sillabusi (o‘quv dastur) ishlab chiqildi, sillabuslar belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilib, 1 nusxasi TIPI o‘quv-uslubiy departamentida, 1 nusxasi fakultetda saqlanmoqda.
Fakultetdagi professor-o‘qituvchilarning 2023-2024 o‘quv yilidagi shaxsiy ish rejalari (ShIR) vaqt me’yoriga mos holda rasmiylashtirilib, tasdiqlandi.
2023-2024 o‘quv yilida Kafedraning umumiy yuklamasi 17930 soatni tashkil qiladi va ushbu soatlar quyidagicha taqsimlangan. Shundan asosiy shtatda 27 nafar, tashqi o‘rindosh 11 nafar, soatbaylar 2 nafarni tashkil qiladi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

2.1. Fakultetning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Tillar va maktabgacha ta’lim fakultetida  ilmiy-uslubiy ishlarni olib borishning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mos keluvchi ilmiy yo‘nalishi belgilab olindi. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ta’lim jarayonining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosan Toshkent viloyati hududidagi OTMlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalaridagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini izlab topishga qaratilgandir.
Fakultet professor-o‘qituvchilari 2023-2024 o‘quv yilida:
- Darslik – 2
- O‘quv qo‘llanma – 4
- Uslubiy qo‘llanma – 2
- Monografiya – 1 
- Xorijiy jurnallarda maqola – 24
- Xorijiy anjumanlarda – 11
- Respublika jurnallarida – 29
- Respublika anjumanlarida – 15
        2.2. Fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati
Fakultet tarkibida jami 47 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi.
Bulardan:
- 25 nafari asosiy shtatda;
- 2 nafari ichki o‘rindoshlik asosida;
- 13 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib boradi.
Shundan asosiy shtatda 1 nafar professor, 6 nafar PhD doktor ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar, 20 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib boradi.
Tashqi o‘rindoshlardan 6 nafari professor o‘qituvchilar va 1 nafari PhD doktor ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchi va 11 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi hisoblanadi.
Hisobot davrida ilmiy salohiyat asosiy 26 % ni tashkil qilmoqda. Aprel-may oyida 3 nafar o‘qituvchimizning OAK da himoya e’lonlari chiqishi kutilmoqda. Shunga asosan yil yakuniga qadar fakultetning ilmiy salohiyati 37 % bo‘lishi kutilmoqda.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va boshqa OTMlar bilan hamkorlik:

· O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi bilan memorandum imzolandi;
· Toshkeht viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan memorandum imzolandi;
· Toshkent viloyati Chirchiq shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 12, 13-umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi;
· Toshkent viloyati Chirchiq shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi;
· Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 11, 25- umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi;
· Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 29- umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi;

2.4. Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar

ü Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishiga chet ellik mutaxassis PhD Professor v.b Morteza Amirsheibani jalb etildi. Oyning har shanba kuni “Speaking Club” tashkil etilib, dars mashg‘ulotlari o‘tkazilib borilmoqda
ü O‘zbek-ingliz tarjima yo‘nalishlari bo‘yicha badiiy va texnik tarjima  maktabini tashkil qilish;
ü Dars sifatini yanada yuqori saviyada tashkil qilish uchun fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan “Fan modul”lari ishlab chiqildi. Modul ma’ruza matn, adabiyotlar, videodarslar, topshiriqlardan iborat.

2.5. Kafedraning Ilmiy tadqiqot ishlari faoliyati samaradorligi (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik, stajyor-tadqiqotchilik)

Ayni paytda fakultet professor-o‘qituvchilari reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
1. Temirova Anora Cho‘yan qizi – “Natam Mallayev – navoiyshunos”
2. Ismanova Ma’mura Abdumo‘minovna – “Talabalarda ijodiy-kreativlik ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”
3. Hakimova Barno Hakim qizi – “Zamonaviy koreys matnida “ayol” va “erkak” konsepti”
4. Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich – “Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning “Farhod va Shirin” dostonlari qiyosiy tahlili”
5. Sadaddinov Azimboy Erkin o‘g‘li – “Siyosiy matnlar tarjimasining o‘zbek-ingliz tillaridagi o‘xshash jihatlari”
6. Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi – “Zamonaviy yondashuvlar asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi (PISA xalqaro baholash dasturi asosida)”
7. Rustamov Dastonjon O‘ktam o‘g‘li – “Kichik maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik asoslari”
8. Axmedova Matluba Abdisalom qizi – “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘quv izohli lug‘at yaratishning lingvistik tamoyillari”
9. Akbarova Muhabbat Shavkatjon qizi –  “Muhayyir ijodi badiiyati”
      10. Ergashova Munisa Hoshim qizi - “Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi”

2.6. Ilmiy seminar tashkil etilganligi

Fakultetda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy ishlarni rivojlantirish maqsadida fakultetda doimiy ilmiy seminar tashkil etilgan.
2024-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan seminarda Sh.Ruzmetov, G.Tillayeva, 2024-yil      24- fevral kuni O.Yo‘ldoshev, S. Mumindjanovalarning mavzudagi ilmiy ishi tinglandi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari uchun har oyda bir marta Ilmiy seminar tashkil etiladi va  ilmiy mavzulari bo‘yicha hisobotlar tinglanadi. Bu bo‘yicha ham reja tuzilgan va u fakultet dekan tomonidan tasdiqlangan (reja ilova qilinadi).

2.7. Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Iqtidorli talabalar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, ularni ilmiy tadqiqot faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida fakultetda 6 ta ilmiy-amaliy to‘garaklar tashkil etilgan.
Jumladan, “Я говорю по-русски”, “SPEAKING CLUB”, “YOG‘DU”, “재미있는 한국어”, “Yosh tilshunoslar”, “Adabiyot ixlosmandlari” to‘garaklari oflayn va onlayn rejimda faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarga jami 800dan ortiq talaba a’zo bo‘lgan. Iqtidorli talabalarni mezon bo‘yicha saralash indikatorlari asosida iqtidorli talabalar saralanib, ular haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kiritilgan har bir talabaga ularning qobiliyati va qiziqishlarini inobatga olgan holda tegishli mavzular biriktirildi.

YOSHLAR BILAN ISHLASH MA’NAVIY, MA’RIFIY VA TARBIYAVIY FAOLIYATINING UMUMIY TAVSIFI

Tillar va maktabgacha ta’lim fakultetida Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishda institut jamoasi, ayniqsa, talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi: talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyi, vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat.





3.1. FAKULTETNING MA’NAVIY, MA’RIFIY VA TARBIYAVIY FAOLIYATINI USTUVOR YO‘NALISHLARI:


1.  Maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy ishlar.
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini talabalar va professor-o‘qituvchilarning keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar.
4. Talabalarda mutaxassislik madaniyati, kasb odobi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha malaka-ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar.
5. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritish, turli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish.
6. Yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar.
7. Talabalar ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar.
8. Yoshlar o‘rtasida xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash hamda dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir amalga oshiriladigan ishlar.
9. Talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

3.2. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan ijara va TTJda yashaydigan talabalar to‘g‘risida



Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ijarada turuvchi talabalar mavjud emas.
1-, 2-bosqich Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishida 20 nafar, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida 1 nafar, jami 21 nafar talaba institut TTJ da istiqomat qilmoqda.,

YO'NALISHLAR
FAKULTET XODIMLARI

Yo‘ldoshev Otabek Abdug‘anievich

Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti dekani
P.f.n., dotsent
  • Nurgizarova Zakira Beketovna
    TMT kafedra mudiri
  • Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich
    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • Temirova Anora Cho‘yan qizi
    O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • Shaydullayev Mirzalim Jumanazar o’g’li
    Uslubchi
KAFEDRA O'QITUVCHILARI
  • Daniyarov Baxtiyor Xudayberdiyevich
    Filologiya fanlari doktori (DSc)
  • Shaymardonov Tilovmurod Abilayevich
    Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Xo‘jamiyarov Sa’dullo Choriyevich
    Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b dotsent
  • Tillaeva Gulsanam Hamdamovna
    Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Abdullayev Akmal Amirovich
    Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi, PhD
  • Mumindjanova Saida Xaitmatovna
    katta o'qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi
  • Ibragimova Dilbar Atxamovna
    Dotsent vazifasini bajaruvchi, katta o'qituvchi

  • Mamedova Nargiza Ziraddinivna
    katta o'qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi
  • Sabirova Zebo Baxramovna
    Katta o'qituvchi
  • Normetov Komiljon Pardadoyevich

    o‘qituvchi
  • Sadaddinov Azimboy Erkin o‘g‘li
    Ingliz tili o‘qituvchisi
  • Akbarova Muhabbatxon Shavkatjon qizi
    O'qituvchi
  • Hakimova Barno Hakim qizi
    O‘qituvchi
  • Arslonova Gulsora Kurbonovna
    MAT o‘qituvchisi
  • To’ymanova Inobat Fozilovna
    Ingliz tili o‘qituvchisi
  • Urinova Umida Sadiridinovna
    Rus tili o‘qituvchisi
  • Ergashova Munisa Hoshim qizi
    MAT o‘qituvchisi
  • Sharopova Munisa Hakimovna
    Ingliz tili o‘qituvchisi
  • Yuldasheva Mastura Islamovna
    o‘qituvchi
  • Ahmedova Matluba Abdisalom qizi
    Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi
  • Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi
    Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi
Fresh stories from our blog
100 Books for your 2021 holidays!
Best books to relax with during holidays.
Top beauty trends of the year
Make a choice. Botox versus other skincare alternatives.
The best dance performances of 2020 year
New experimental classes of a new age.
Elliot Roberts in a new video from Zoie Records
In November ZRecords issued a new promo with social agenda.
Three places to get best burgers and mimosas
Pay attention to food, drinks, and… interior design!
How technology can enchance your sleep
Pillows and blankets that make you sleep like a baby.
FAQs
Do you have any questions? Find answers below!
Duplicate, transfer page to another user, change site structure, delete
For multi-page projects or for navigation within one page
How to add a link to a certain spot in the project

Made on
Tilda